Ronaldu: «Manchester Siti» o'yinlarini maroq bilan tomosha qilaman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Manchester Siti»ning 2023 yildagi ishtirokini yuqori baholadi.
– Bu jamoa ajoyib mavsum o'tkazdi. «Manchester Siti»ni, barcha futbolchilar va murabbiylarni tabriklayman.
Ular zo'r ishlashdi va nihoyat Chempionlar ligasida g'olib chiqishdi. Nazarimda, ular ikki yil bunday g'alabaga munosib bo'lishgandi. Vaqt keldi.
Ochig'ini aytsam, "Siti"ning o'yinlarini maroq bilan tomosha qilaman. Juda yaxshi jamoa, juda yaxshi murabbiy va yaxshi o'yin uslubi. Shunday ekan, tabriklayman.
– Siz uchun bunday gapirish oson bo'lmasa kerak?
– Yo'q, oson. Ular bunga haqli.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!