Arribas: "Bellingem butun bir davrga o'z chizgilarini bera oladigan futbolchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
"Almeriya" yarim himoyachisi Serxio Arribas "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingemning o'yini haqida gapirdi.
"Men uning "Real"ga bunday ta'sir ko'rsatishini kutmagandim. U dunyoning eng yaxshi jamoasiga juda yaxshi moslashdi.
Bu butun bir davrga o'z chizgilarini bera oladigan futbolchi", - deya Arribasning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli Bellingem o'tgan yozda "Real"ga o'tgandi. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarni hisobga olgan holda 24 uchrashuvda qatnashib, 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!