“Atletiko” "Yuventus" hujumchisini ijaraga oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
“Yuventus” hujumchisi Moyze Kin tez orada “Atletiko” futbolchisiga aylanadi.
Bu haqda Sky Italia xabar berdi. Manbaga ko'ra, "matraschilar" 23 yoshli italiyalikni "Yuventus"dan joriy mavsum oxirigacha ijaraga olishmoqda.
Joriy mavsumda Kin Italiya chempionatining 12 o'yinida maydonga tushib, birorta ham samarali harakat qila olmadi.
Italiyalik hujumchining Turinning "Yuventus" klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Nufuzli Transfermarkt internet portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 18 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!