«Barselona» Bergvallni tezroq sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
"Barselona" "Yurgorden" klubining 17 yoshli yarim himoyachisi Lukas Bergvallni o'z safiga qo'shib olmoqchi, deb xabar beradi Relevo.
Oxirgi bir necha oy davomida davom etgan muzokaralardan so'ng Kataloniya klubi endi bu futbolchi uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Qayd etilishicha, "blaugrana" shartnomani yanvar oyidagi transfer oynasida rasmiylashtirishni rejalashtirgan, biroq Lukas Shvetsiya jamoasida iyungacha qoladi.
Futbolchiga Frankfurtning “Ayntraxt” klubi ham qiziqish bildirmoqda, u allaqachon 10 million evroga yaqin taklif jo'natgan, biroq “Barselona” kattaroq summani taklif qilishga tayyor. Bergvallning o'zi uchun ham "Barsa"ga o'tish birinchi o'rinda turadi.
O'tgan mavsumda Lukas "Yurgorden" uchun 25 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.