Ekvatorial Gvineya terma jamoasi a'zosi Afrika kubogida xet-trik qilgan eng keksa futbolchiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Ekvatorial Gvineya terma jamoasi himoyachisi Emilio Nsue Afrika Millatlar Kubogi bahsida xet-trik qayd etgan eng keksa futbolchiga aylandi.
Futbolchi turnir guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan Gvineya-Bisau terma jamoasiga qarshi o'yinda (4:2) uchta gol urdi.
Xet-trik qayd etilgan vaqtda Emilio 34 yoshu 110 kunlik edi. Nsue Ispaniyada Palma-de-Malorkada tug'ilgan, mahalliy "Malorka" klubi tarbiyalanuvchisi. 2022 yildan buyon himoyachi Ispaniyaning "Intersiti" klubida to'p tepmoqda.
34 yoshli himoyachining "Intersiti" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt internet portali futbolchining taxminiy qiymatini 250 ming evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!