«PSJ» Mbappe 4 yillik shartnoma va fantastik maosh taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123
«PSJ» klubi rahbariyati hujumchi Kilian Mbappeni jamoada olib qolish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda. Jamoa 25 yoshli futbolchiga 100 million evro yillik maosh taklif qildi. Bu haqda sport jurnalisti Stefan Gi xabar tarqatdi.
«Agar, futbolchining onasi aytayotgandek, gap pulda bo'lsa, «PSJ»ga raqobat qilib bo'lmaydi. «PSJ» 4 yillik shartnoma orqali 400 mln evro taklif qildi. Men buni tasdiqlashim mumkin.
Agar "Envoyé Spécial" hujjatli filmiga ishonadigan bo'lsa, Kilianning ayni paytdagi barcha daromadi, reklamadan topadigan pulni ham qo'shib hisoblaganda, 100 mln evroga teng. «PSJ» esa 100 million evro maosh taklif qilmoqda», – dedi Stefan Gi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!