"Tottenxem" futbolchisi Chempionship klubiga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Germaniyaning "Augsburg" klubidan "shporlar" lageriga qaytgan Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Yafet Tanganga yana ijaraga yo'l olishga yaqin turibdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, poytaxt klubi futbolchini “Milluoll”ga ijaraga beradi. Tomonlar joriy mavsum oxirigacha ijara shartnomasi tuzadilar.
"Milluoll" Chempionship jadvalida 17-o'rinda bormoqda. 27 turdan so'ng jamoa 32 ochko jamg'ardi. Keyingi o'yinda "Milluoll" mehmonda KPRga qarshi o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!