Anchelotti Saudiyadan kelgan juda katta taklifni o'rganmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Saudiya Arabistonidan katta taklifini oldi.
DeadlineDayLive manbasiga tayanib xabar berishicha, nomi oshkor etilmagan Saudiya klubi italiyalik mutaxassis bilan jiddiy qiziqish bildirmoqda. Anchelotti, o'z navbatida, kelib tushgan taklif bo'yicha hali yakuniy javob bermadi.
Eslatib o'tamiz, 64 yoshli murabbiy yaqinda "qirollik" klubi bilan 2026 yilning o'rtalariga qadar amal qiladigan yangi uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolagan edi. Anchelotti 2021 yilning iyulidan beri "Los-Blankos" bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!