"Roma" Mourinodan keyin yulduzidan ayrilib qolishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
"Roma" hujumchisi Paulo Dibala yanvar oyidagi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. Insayder Rudi Galettining ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlariga ko'ra, argentinalik futbolchi portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino iste'foga chiqqanidan keyin boshqa jamoalardan takliflarni ko'rib chiqmoqchi.
O'z navbatida, "Roma" futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas va uning yangi shartnomasi ustida ishlamoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi kelishuv muddati 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Italiya chempionatining joriy mavsumida Paulo 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!