Hindiston darvozabonlar murabbiyi: «O'zbekiston uzoqdan zarba beradi, posbonimiz esa ularni qaytarishda mahoratli»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Hindiston terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Tomislav Rogich Osiyo kubogining 2-turi doirasida bo'ladigan O'zbekistonga qarshi o'yinda darvozabon Gurprit Singhni qanday tayyorlayotganini aytib o'tdi.
"Avstraliya asosan qanotlardan jarima maydonga uzatmalar berdi. Ular havodagi kurashda yaxshi ishtirok etishadi. O'zbekiston esa, nazarimda, qanotlardan u qadar ko'p uzatma bermaydi. Ular uzoq masofadan zarba berishga intilishadi. Gurprit esa olis berilgan zarbalarni qaytarishda mahoratli. Bu uning kuchli tomoni. Ishonchim komil, O'zbekistonga qarshi o'yinda unga imkon berilsa, u o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oladi", — dedi Rogich.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!