Benzema APLda o'ynamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63
“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema jamoani tark etmoqchi.
ESPN bergan xabarga ko'ra, 36 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun ustuvor variant - Premer-liga jamoasiga o'tish.
Uning xizmatlariga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, Benzema 2009 yildan 2023 yilgacha o'ynagan "Real Madrid"ga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqmayapti.
Hujumchi o'tgan yozda "Al-Ittihod"ga ko'chib o'tgandi. U Saudiya klubi safida 20 ta o'yin o'tkazib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Benzemaning shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!