"Barselona" sobiq himoyachisi: "Xavi u erda ekan, jamoaga qaytmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115
PSVda ijara asosida o'ynayotgan "Barselona" himoyachisi Serjino Dest Kataloniya klubiga qaytish shartlari haqida gapirdi.
"Menimcha, "Barselona", PSV va menda muhokama qiladigan narsa bor, ammo hozircha bu haqda gapirishga erta", dedi Dest VoetbalZone'ga.
Destning so'zlariga ko'ra, u Xavi boshqarayotgan vaqtda "Barselona"ga qaytmaydi.
“Faqat u erdagi vaziyat o'zgarsa. Xavi hali ham o'sha erda. Demak, hozircha, qaytmayman, bu juda qiyin bo'ladi”, — deya qo'shimcha qildi Dest.
23 yoshli amerikalik futbolchi 2020 yilda "Ayaks"dan "Barselona"ga o'tgan edi. U kataloniyaliklar safida 72 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!