"MYu" vingerida ketish niyati yo'q
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
"Manchester Yunayted" vingeri Amad Diallo doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida hozirgi jamoasini tark etish niyatida emas. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida (sobiq Twitter) xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli futbolchi o'z qarori haqida klubga ma'lum qilgan. Mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag kelajakda hujumkor futbolchidan qanday foydalanish haqida o'ylaydi.
Qayd etilishicha, “Midlsbro” Dialloni ijaraga olishga jiddiy qiziqish bildirgan, biroq ivuarlik avvalroq o'ynagan “Sanderlend”ni hurmat qilgani uchun bu klubga o'tishni istamagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!