"Jenoa" hujumchi olib kelmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Benfika" hujumchi Petar Musa uchun turli klublardan tushgan takliflarni ko'rib chiqmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, “Jenoa” xorvatiyalik futbolchiga asosiy da'vogar, ammo futbolchiga Germaniya, Frantsiya, Angliya va MLS klublari ham qiziqish bildirmoqda. U shu oyda "Benfika"ni tark etishi kutilmoqda.
25 yoshli Musa 2022 yilning yozidan beri "Benfika"da o'ynamoqda. Joriy mavsumda u Lissabon jamoasi safida barcha musobaqalarda 23 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 8 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!