"An-Nasr" Kuboni o'z safiga qo'shib olishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
"An-Nasr" "Real Sosedad" yarim himoyachisi Takefusa Kuboni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Relevo xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi 22 yoshli yaponiyalik variantini Krishtianu Ronalduga imkoniyat yaratadigan futbolchilar qatorini kuchaytirish maqsadida ko'rib chiqmoqda.
Futbolchi ayni damda Yaponiya terma jamoasi bilan Osiyo Kubogida ishtirok etmoqda. Uning ispan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 60 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Kubo barcha turnirlarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!