"Chelsi" himoyachisi faoliyatini Londonning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
"Chelsi" himoyachisi Trevo Chaloba "Fulxem"ga o'tishi mumkin.
Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, "Fulxem" 24 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida ijaraga olmoqchi.
Ma'lum qilinishicha, "Fulxem" shartnomaga majburiy sotib olish bandini kiritishni rejalashtirmayapti, balki Chalobaning o'yiniga baho berib, yozda yakuniy qarorni qabul qilmoqchi.
Avvalroq, Chalobaga Angliya premer-ligasining boshqa bir klubi «Manchester Yunayted» da'vogarlik qilayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Himoyachining "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 18 million evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!