Anchelotti rotatsiya qilishda davom etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52
Ertaga Ispaniya kubogi doirasida bo'lib o'tadigan "Atletiko Madrid" bilan derbida "Real" yarim himoyasi taxminan qanday ko'rinishi ma'lum bo'ldi.
Insayder Xose Feliks Diasning xabariga ko'ra, bosh murabbiy Karlo Anchelotti Eduardo Kamavinga va Aurelien Tchuameni xizmatlaridan foydalanadi. Uchrashuvni Luka Modrich va Toni Kroos zaxira o'rindig'ida boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletiko" bilan Anchelotti Tchuameni, Valverde va Modrichni maydonga tushirgandi. Keyingi o'yinda italiyalik mutaxassis yarim himoyachilarning biroz boshqacha kombinatsiyasidan foydalanmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!