Kanvon-2024: O'zbekiston delegatsiyasi Olimpiya shaharchasiga joylashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Yana 2 kundan so'ng Janubiy Koreyaning Kanvon shahrida IV qishki o'smirlar Olimpiadasi start oladi. Unda qatnashadigan O'zbekiston delegatsiyasi Olimpiya shaharchasidan qo'nim topdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqada ikki nafar sportchimiz Sabina Rejepova hamda Rauan Raimqulov tog' chang'isi bahslarida ishtirok etadi. Delegatsiyamiz ushbu sport turidagi bellashuvlar o'tkaziladigan «Jeongseon High 1» shaharchasiga joylashdi.
Ma'lumot uchun, O'yinlarning tantanali ochilish marosimi 19 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Hamyurtlarimiz 21-22-23-24 yanvar kunlari turli yo'nalishlarda medallar uchun kurash olib boradilar.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!