"Manchester Yunayted" to'rtta transfer tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 68
"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasi uchun rejalarini yakunladi. Bu haqda Evening Standard nashri xabar bermoqda. Manbaning xabar berishicha, “qizil iblislar”ning yangi rahbariyati yuqori darajadagi transfer kampaniyasini o'tkazishga hozirlik ko'rmoqda. Mankunianliklar to'rtta pozitsiyani mustahkamlamoqchi.
Klub o'ng qanot, markaziy himoyachi, yarim himoyachi va markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolaydi. "Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasining birinchi yarmini omadsiz o'tkazdi.
Erik ten Xag shogirdlari 21 uchrashuvdan so'ng ettinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam “Liverpul”dan farq 13 ochkoni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!