Myuller Kroosning Germaniya terma jamoasiga qaytishi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller Toni Kroosning Germaniya terma jamoasiga qaytishi haqida o'ylayotganini aytdi.
2021 yilda Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Evro-2024 musobaqasida yana vatani termasiga qaytishi mumkin.
“O'ylaymanki, Kroosni har doim yaxshi kutib olishadi. Toni mukammal ijrochi, jamoaviy va individual muvaffaqiyatlarga eng yuqori darajada erishish uchun nima kerakligini chuqur tushunadi. Joriy yozda Yulian Nagelsmann va uning murabbiylar shtabi Evro-2024 uchun eng yaxshi tarkibni tanlashi kerak. Ko'ramiz, kilar unga kiritiladi", - deya Myullerning so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!