32 yoshli Manolas erkin agentga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
Gretsiyalik mashhur himoyachi Kostas Manolas erkin agentga aylandi. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, gretsiyalik futbolchi BAAning "Al Sharja" klubini tark etgan. Himoyachining yangi klubi hozircha ma'lum emas.
Eslatib o'tamiz, Manolas 32 yoshda, u BAA klubiga 2022 yilning sentyabrida ko'chib o'tgandi. Gretsiyalik futbolchi faoliyatining eng yorqin yillarini Italiyada o'tkazdi, u erda Rimning "Roma" sharafini himoya qildi, Chempionlar Ligasida "Barselona"ga gol urdi, keyinroq "Napoli"da o'ynadi.
Hozirda Transfermarkt Evropada bir vaqtlar yuqori baholangan markaziy himoyachini atigi 2,5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!