Edegor Xolandga ovoz bergan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22
Norvegiya sardori va "Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegor FIFA tomonidan o'tkazilgan "The Best" sovrini uchun so'rovnomada o'z hamyurti, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandni 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topdi.
Martin ikkinchi o'rinni “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messiga, uchinchi o'rinni “PSJ”dan Kilian Mbappega berdi.
Messi faoliyatida uchinchi marta "The Best" sovrinini qo'lga kiritdi. U avval 2019 va 2022 yillarda g'alaba qozongan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!