"Milan"ning sobiq hujumchisi: "Jamoa hali ham chempionlik uchun kurashda qatnashmoqda"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
"Milan"ning sobiq hujumchisi Marko Borrello "rossonerilar" chempionlik uchun da'vogarlar qatorida qolmoqda, deb o'z fikrini tushuntirdi.
20-turda "Milan" ishonchli tarzda poytaxtning "Roma" klubini mag'lub etdi – bu Markoni ruhlantirgani aniq.
"Milan"ni Skudettoga da'vogar deb hisoblash mumkin. Axir chempionatda hali ko'p turlar bor. Jarohatlangan futbolchilar qaytishadi, balki tarkib kuchaytiriladi" - dedi Borrello pianetamilan.it bilan suhbatda.
Italiya chempionatining navbatdagi turida "Milan" "Udineze"ga qarshi bahs olib boradi. Jamoa hozirda A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!