Onana Kamerun terma jamoasining Afrika kubogidagi ilk o'yiniga etib bora olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
Kamerun terma jamoasi posboni Andre Onana Afrika kubogining birinchi turidan o'rin olgan Gvineyaga qarshi o'yin boshlanishigacha Yamusukro shahriga etib bora olmadi.
Andre kecha, 14 yanvar kuni APL doirasida «Tottenxem»ga qarshi o'yinda (2:2) ishtirok etib, bir sutka ichida Kot-d'Ivuargacha etib borishi kerak edi. Ammo Abidjan shahridan Yamusukro shahrigacha uchishi kerak bo'lgan xususiy samolyot yomon ob-havo sharoiti tufayli o'z vaqti ucha olmadi. Futbolchi 240 km. masofani avtomobilda bosib o'tdi va o'yinga kech qoldi.
Natijada Gvineyaga qarshi o'yinda Kamerun darvozasini Fabris Ondoa qo'riqlamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!