"Chelsi" markaziy himoyachisi: "Bu hozir yaxshi ishlayapmiz degani emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
"Chelsi" markaziy himoyachisi Aksel Disasi muxlislarni jamoaning so'nggi natijalariga ortiqcha baho bermaslikka chaqirdi.
Eslatib o'tamiz, Angliya premer-ligasining so'nggi 5 turida Maurisio Pochettino shogirdlari 4 ta g'alabaga erishgan.
“Ko'klar” yaqinda turnir jadvalida 9-o'ringa ko'tarilib oldi.
"Biz so'nggi beshta o'yinda yaxshi o'ynadik, "Midlsbro"ga qarshi Liga kubogi yarim finalidan tashqari, ammo bu hozir yaxshi ishlayapmiz degani emas.
Biz xuddi shunday ruhda va taraqqiyotda davom etishimiz kerak. Agar hammasi shu tempda davom etsa, biz uchun hammasi ajoyib bo'ladi", - deya frantsiyalik futbolchining so'zlarini keltiradi «Chelsi» rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, Disasi o'tgan yozda "Monako"dan "Stemford Brij"ga ko'chib o'tgandi.