Messi yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimida ishtirok etishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Inter Mayami"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi FIFA talqini bo'yicha yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimida qatnashmaydi.
D Sports nashri xabariga ko'ra, 36 yoshli Messi sovrinni qo'lga kirita olmasligi sababli tadbirga borishni istamagan.
Eslatib o'tamiz, sovringa Messidan tashqari "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland va "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe da'vogarlik qilgandi.
G'oliblarni taqdirlash marosimi bugun, 15 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!