Yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini kim qo'lga kiritgani ma'lum(mi)?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49
Dushanba oqshomida FIFA 2023 yilgi kalendar yilining eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni topshiradi.
Sovrin uchun 3 nafar futbolchi da'vogarlik qilmoqda: Lionel Messi, Erling Xoland va Kilian Mbappe. Aynan mana shu uch yulduz yakuniy ro'yxatga kirgan.
Marosimdan bir necha soat oldin matbuotga Erling Xoland mukofotni qo'lga kiritgani haqida ma'lumot tarqaldi. Sovrinni aynan "Manchester Siti" hujumchisi oladi.
Aytish joizki, 2023 yilda Erling Xoland o'z gollari bilan "Manchester Siti"ga trebl yutishiga yordam bergan. Shundan so'ng, "shaharliklar" yana ikkita sovrin - UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionati kubogini qo'lga kiritishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!