"Paxtakor" o'z safiga uch nafar futbolchini qo'shib oldi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
"Paxtakor" klubi "Andijon-SGS" klubi futbolchisi Fazliddin Zuhriddinovni o'z safiga qo'shib oldi. 19 yoshli futbolchi poytaxtliklar bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Shuningdek, o'tgan mavsumni "Olimpik" tarkibida o'tkazgan Abdurauf Bo'riev ham "sherlar" bilan uch yillik kelishuvga erishdi.
Bundan tashqari, so'nggi mavsum "Navbahor" tarkibida to'p tepgan Doniyor Abdumannopov ham 2024 yilda "Paxtakor" sharafini himoya qiladi. 24 yoshli futbolchi toshkentliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!