Sancho qaytishini golli pas bilan nishonladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110
Jeydon Sancho “Borussiya” safidagi ilk uchrashuvidayoq golda ishtirok etdi.
"Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan vinger Bundesliganing 17-turi doirasida "Darmshtadt"ga qarshi o'yinning 55-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. 77-daqiqada Marko Roysga assistentlik qildi – 2:0.
Sancho 26 avgustdan beri ilk bor maydonga tushdi - "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag u bilan mojaroga uchragan edi.
Angliyalik futbolchi 2017 yildan 2021 yilgacha "Borussiya" safida to'p tepgan. Bundesligadagi so'nggi mavsumida u 26 o'yinda 8 gol urdi va 11 golga assistentlik qilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!