Ronaldu Evro saralash bosqichlarining eng yaxshi to'purariga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 449
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evro-2020 saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tgan Litvaga qarshi o'yinda "poker"ga erishdi.
Shu tariqa, 34 yoshli futbolchining Evropa chempionatlari saralash bosqichlarida urgan gollari soni 25taga etdi. Bu yangi rekord hisoblanadi. Krishtianu borada Irlandiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Robbi Kin (23)ni ortda qoldirdi.
Ronaldu 2003 yildan beri terma jamoa sharafini himoya qilmoqda. U Portugaliya termasi safida 160ta o'yinda maydonga tushib, jami 93ta gol urgan. «Yuventus» forvardi terma jamoa bilan Evro-2016 va Millatlar ligasi-2019da g'olib chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!