Shomurodov o'rniga Zaynutdinov...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61
Futbolchilarning transfer summasi bilan shug'ullanuvchi transfermarkt portali Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy jamoalari tarkibidagi eng qimmatbaho o'yinchilar reytingini yangiladi.
Shuningdek, 5ta terma jamoa tarkibining yangilangan umumiy bahosi ham e'lon qilindi. Unga ko'ra, anchadan buyon Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi maqomini o'zida saqlab kelgan Eldor Shomurodov etakchilikni qo'ldan chiqardi. Binobarin, «Kalyari»da ishlari uncha yurishmagan hujumchimizning transfer summasi pasayishda davom etmoqda. Transfermarkt portali ekspertlari xulosalariga ko'ra, Italiyadagi legionerimizning bahosi yana 1 million evroga arzonlashdi. Xullas, dekabr holati bo'yicha Shomurodov huquqi 5 million evroga baholanmoqda.
Endilikda Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisi - qozog'istonlik Baxtiyor Zaynutdinov. Rossiyaning TsSKA klubidan Turkiya Superligasi ishtirokchisi «Beshiktosh»ga yo'l olgan etnik o'zbekning bahosi ham biroz pasaydi oxirgi hisob-kitoblarda. Lekin Baxtiyorning yorlig'i 6 million evrodan tushgani yo'q. Aniqrog'i, u transfer summasi bo'yicha 500 ming evro yo'qotdi, xolos. Markaziy Osiyodagi eng qimmatbaho darvozabon - tojikistonlik Rustam Yatimov. Uning transfer bahosi 900 ming evroga ko'tarildi. Eslatma, Rustam OChLda kimsan Krishtianu Ronaldu asabini buzganidan keyin ancha tanildi. «Istiqlol» kiperi ortida o'zbekistonlik darvozabonlar bor - 700 ming evroga baholanayotgan Abduvohid Ne'matov («Nasaf») va O'tkir Yusupov («Navbahor»).
Garchi futbolchilarimiz va darvozabonlarimiz mintaqada yuqori mavqeini boy bergan bo'lsalar-da, O'zbekiston milliy jamoasi tarkibning umumiy bahosi bo'yicha Markaziy Osiyoda hamon 1-o'rin egasi bo'lib qolmoqda. 32,55 million evro - bu jamoamizning umumiy bahosi. 2-o'rindagi Qozog'iston milliy jamoasining umumiy summasi 21,5 «limon»dan balandroq.
Markaziy Osiyo mamlakatlari milliy jamoalari umumiy summasi va ularning eng Qimmatbatbaho 3 nafar futbolchisi bahosi
O'zbekiston milliy jamoasi
Jami summa: 32,55 million evro
FIFA reytingi: 68-o'rin
1. Eldor Shomurodov (hujumchi, 28 yosh) - 5 million evro
2. Abbos Fayzullaev (yarim himoyachi, 20 yosh) - 4 million evro
3. Aziz G'aniev (yarim himoyachi, 25 yosh) - 3 million evro
Qozog'iston milliy terma jamoasi
Jami summa: 21,63 million evro
FIFA reytingi: 100-o'rin
1. Baxtiyor Zaynutdinov (yarim himoyachi, 25 yosh) - 6 million evro
2. Nurali Alip (himoyachi, 24 yosh) - 3 million evro
3. Aleksandr Zuev (yarim himoyachi, 27 yosh) - 900 ming evro
Tojikiston milliy jamoasi
Jami summa: 7 million evro
FIFA reytingi: 106-o'rin
1. Rustam Yatimov (darvozabon, 25 yosh) - 900 ming evro
2. Alisher Jalilov (yarim himoyachi, 30 yosh) - 700 ming evro
3. Zoir Jo'raboev (himoyachi, 25 yosh) - 600 ming evro
Qirg'iziston milliy jamoasi
Jami summa: 5,90 million evro
FIFA reytingi: 98-o'rin
1. Guljigit Aliqulov (yarim himoyachi, 23 yosh) - 550 ming evro
2. Alimardon Shukurov (yarim himoyachi, 24 yosh) - 450 ming evro
3. Tamirlan Kuzibaev (yarim himoyachi, 24 yosh) - 400 ming evro
Turkmaniston milliy jamoasi
Jami summa: 3,30 million evro
FIFA reytingi: 141-o'rin
1. Ruslan Mingazov (yarim himoyachi, 32 yosh) - 550 ming evro
2. Teymur Garuev (yarim himoyachi, 23 yosh) - 250 ming evro
3. Arslanmurat Amanov, yarim himoyachi, 33 yosh) - 200 ming evro
Manba: «Interfutbol» gazetasi