Krunichning "Fenerbaxche"ga qanchaga o'tishi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
"Milan" va "Fenerbaxche" yarim himoyachi Rade Krunichning qishki transferining barcha tafsilotlari bo'yicha kelishib oldi. Bu haqda insayder Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.
Jurnalistning xabar berishicha, turk grandi bosniyalik futbolchining transferi uchun uch million evro, shuningdek, 1,5 million bonus to'laydi. Bugun davomida Krunich tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun Istanbulga uchib ketadi.
Rade milanliklar jamoasida 2019 yildan beri o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi “rossonerilar” safida 14 ta o'yinda qatnashib, gol ura olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!