Dragushin Postekoglu haqida o'z fikrini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Londonning “Tottenxem” klubi himoyachisi Radu Dragushin jamoa bosh murabbiyi Ange Postekoglu haqida fikr bildirdi.
“Murabbiy menga “Tottenxem”ga o'tishimni xohlayotganini aytdi. Unga mening o'yin uslubim yoqadi, men uning falsafasiga mos kelaman. Bu, albatta, qarorimni qabul qilishimga yordam berdi. Men birgalikda ish boshlashni intiqlik bilan kutyapman”, - deb yozadi “shporlar” matbuot xizmati ruminiyalik futbolchining so'zlarini.
Dragushin London klubiga o'tishdan oldin Italiyaning "Jenoa" klubini himoya qilgan. Joriy mavsumda himoyachi 22 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!