Ronalduning maoshi — 31 million evro. A seriya o'yinchilari maoshi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 575
Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri A seriya o'ynayotgan futbolchilarning maoshini e'lon qildi.
Italiya chempionatida eng ko'p maoshni «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu olmoqda. Uning yillik maoshi 31 million evroga teng.
Ikkinchi pog'onani uning jamoadoshi Mateys de Ligt egalladi. Gollandiyalik futbolchining yillik maoshi 8 million evroni tashkil qiladi. Shuningdek, uning ishtirokiga qarab, qo'shimcha 4 million evro to'lanishi ham mumkin.
Bu borada uchinchi o'rinni «Inter» forvardi Romelu Lukaku egalladi – 7,5+1 million evro.
«Yuventus» maoshlar uchun bir yilda 294 million evro ajratadi. Ikkinchi pog'onadagi «Inter» 139 million, «Roma» esa futbolchilarga 125 million evro maosh to'laydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!