Mourino: "20 yil avval futbolchilar hozirgidek yiqilmasdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Italiya kubogi chorak finalida "Latsio"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Mag'lubiyat har doim alam qiladi, ayniqsa derbida. Bizda katta qiyinchiliklar bor va biz doimo ularni engishga harakat qilamiz.
Bugun biz zamonaviy futbol haqiqati tufayli yutqazdik. Hakam voqeadan uch metr narida turgandi va penaltini bermadi, ammo hammasini ko'rib turgandi. Odatda Orsato o'ynashga ruxsat beradi. Ammo VAR tufayli, endi kimdir kompyuterda o'tiradi va eng kichik aloqa tufayli fol qilishga qaror qiladi. 20 yil avval futbolchilar hozirgidek yiqilmasdi", - dedi Mourino.
"Roma" esa 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yagona gol penaltini aniq amalga oshira olgan Mattia Zakkani tomonidan kiritildi.