Anchelotti: "VARni yaxshilashlariga ishonaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti VAR suhbatlarini eshitish imkoniyati haqida gapirdi.
"VAR tizimini yaxshilash mumkinligiga ishonaman. Men doim aytaman, u hakamga suyanch bo'lishi kerak. Menimcha, bu yaxshi narsa, uni yaxshilash mumkin, lekin biz uchun bu hech narsani o'zgartirmaydi", - dedi Anchelotti Revelo bilan suhbatda.
VAR - videotakrorlar texnologiyasidan foydalangan holda futbolda yordamchi hakamlardir. Videoyordamchi hakamlar tizimi 2018 yilda xalqaro turnirlardagi qator sinovlardan so'ng rasman futbol o'yini qonunlariga kiritilgan.
Epizodlar videooperatsiya xonasida ko'riladi, u erda videoyordamchi hakam (VAR), yordamchi video yordamchi hakam (Assistant VAR) va videotakrorlar operatori (Replay operator) ishlaydi.