«Real» Ispaniya superkubogida ilk marta «Aletiko»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54
Ispaniya superkubogi yarim final bosqichi doirasida «Real» hamshahari «Atletiko» bilan to'qnash kelib, qo'shimcha bo'limlarda g'alabani o'z tomoniga og'dirdi.
Ushbu jamoalar Ispaniya superkubogida o'zaro to'rtinchi marta to'qnash kelishgan bo'lsa, "Qirollik klubi" ilk marta g'alabani qo'lga kiritdi. Bungacha "Atletiko" bir marta g'alaba qozonib, ikki marta durang o'ynagandi (bahsning asosiy vaqtida).
Shuningdek, «Real» so'nggi 61 yil ichida o'tkazilgan Madrid derbilarida ilk marta 3 ta to'p o'tkazgan holda g'alaba qozondi. "Qaymoqranglilar" 1963 yilning mart oyida raqibi ustidan 4:3 hisobida g'alabaga erishgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!