Sarri: «G'alabaga haqli edik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
Rimning «Latsio» jamoasi eng ashaddiy raqibi «Roma»ni minimal hisobda mag'lub etdi, Mauritsio Sarri shogirdlari Italiya kubogi yarim finaliga chiqdi va jamoa ustozi buning uchun muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.
"O'yin boshi yomon edi, lekin ikkinchi bo'limda maydonda butunlay boshqacha harakat qila boshladik. Va natija, menimcha, adolatli. Qo'llab-quvvatlagani uchun jamoatchilikdan minnatdorman. Meni keyingi bosqichdan ko'ra, ommaga berilgan zavq yanada quvontirdi. Hamma o'ninchi osmonda edi", - dedi Mauritsio Sarri.
Rimning «Latsio» klubi etti marta Italiya kubogini qo'lga kiritgan, oxirgi marta 2019 yilda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!