Felipe Anderson: "Derbi boshidan oxirigacha o'zgacha o'yin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
"Latsio" jamoasining braziliyalik faxriysi Felipe Anderson "derbi" u uchun nimani anglatishini tushuntirib berdi.
Bugun tunda Italiya kubogi chorak finalida “Latsio” hamshahri “Roma”ni qabul qiladi:
"Derbi boshidan oxirigacha o'zgacha o'yin. Bunday o'yinlar har bir futbolchiga yoqadi, biz ham ularga o'rganib qolganmiz.
Bu o'yinlar asabiylik va keskinlikka to'la. G'alabaga yurak bilan erishiladi", - deya Andersonning so'zlarini keltiradi Italiyaning ItaSportPress axborot agentligi.
"Latsio" o'z tarixida etti marta, 21-asrda besh marta, oxirgi marta 2019 yilda Italiya kubogini qo'lga kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!