"Zenit" sobiq murabbiyi bilan uchrashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Zenit" ikkinchi qishki yig'inini Qatarda o'tkazadi. “Sport Express” xabariga ko'ra, Sankt-Peterburg klubi Osiyo kubogi vaqtida Saudiya Arabistoni terma jamoasi joylashgan Dohadagi xuddi shu mehmonxonani bron qilgan.
Bu jamoa bosh murabbiyi italiyalik Roberto Manchini hisoblanadi. Shu tariqa, «Zenit» o'zining sobiq bosh murabbiyi bilan uchrashadi.
Eslatib o'tamiz, Manchini 2017/2018-yilgi mavsumda “Zenit”ni boshqargan. Jamoa yaxshi o'yin ko'rsatmadi, Rossiya chempionatida atigi beshinchi o'rinni egalladi.
Hozirda "Zenit"ning murabbiyi Sergey Semakdir. Sankt-Peterburg jamoasi Premer-liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!