Xavi: «Saudiya ligasi tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Saudiya ligasi haqida gapirdi.
«Bu liga tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda. Men Osiyo Chempionlar Ligasida o'ynaganman, o'shanda ham saudiyaliklar qit'aning eng yaxshisi edi va endi ular yuqori maqomga ega o'yinchilarni jalb qilmoqdalar, tasavvur qiling. Ular 2034 yilgi jahon chempionatini ham o'tkazadilar, bu esa ta'sir qiladi», - dedi Xavi matbuot anjumanida jurnalistlarga.
Hozirda Saudiya Arabistonida Krishtianu Ronaldu, Sadio Mane, Karim Benzema, Jordan Xenderson va boshqa mashhur futbolchilar to'p tepmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!