Postekoglu bu transferda muhim rol o'ynagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
Londonning “Tottenxem” klubi bosh murabbiyi Ange Postekoglu markaziy himoyachi Radu Dregushinning Italiyaning “Jenoa” klubidan transferida juda muhim rol o'ynadi. Jurnalist Tom Ollnatt bergan ma'lumotlarga ko'ra, avstraliyalik mutaxassis bilan suhbatdan so'ng, 21 yoshli ruminiyalik futbolchi "Bavariya" varianti mavjudligiga qaramay, "Tottenxem"ga o'tishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, Dregushinning transferi London klubiga 30 million evroga tushadi. Bu summaning 20 foizini ruminiyalikning sobiq klubi Turinning “Yuventus” klubi oladi. Raduning transferi uchun "shporlar" o'z himoyachisi Jed Spensni ham mavsum oxirigacha "Jenoa"ga ijaraga berishga rozi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!