"Brayton" "Siti"dan ildamroq chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
"Brayton" "Manchester Siti"dan oldin yarim himoyachi Valentin Barkoni bilan kelishuvga erishdi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, argentinalik iqtidor egasi tez orada "Brayton"da tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Avval xabar qilinganidek, Barko tovon puli 9 million evro evaziga "Brayton"ga o'tadi. "Chaykalar" futbolchi uchun poygada g'alaba qozonishdi, chunki ular "Manchester Siti"dan farqli o'laroq, unga barqaror o'yin tajribasini va'da qilishdi.
"Boka Xuniors"dagi Barko nafaqat yarim himoyaning chap qanotida, balki himoyachi sifatida ham o'ynay olardi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!