"Bayer" futbolchisining qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
"Bayer" hujumchisi Viktor Bonifas Nigeriya terma jamoasi safida bo'lgan vaqtida to'g'ridan-to'g'ri jaroxat oldi, deb xabar beradi klub sayti.
23 yoshli futbolchi Afrika Millatlar Kubogiga tayyorgarlik chog'ida jarohat olgan, endi u Afrika Kubogini o'tkazib yuboradi.
Bonifac yaqin kunlarda operatsiya qilinadi. Uning safga qaytishi aprel oyi boshida kutilmoqda.
Bonifas o'tgan yozda "Union"dan "Bayer"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda u klub safida barcha turnirlarda 23 ta o'yin o'tkazib, 16 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!