Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyining kelajagiga aniqlik kiritildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente mart oyida yangi shartnoma imzolaydi, deya xabar beradi AS nashri.
Manbaga ko'ra, de la Fuente 22 mart kuni Londonda bo'lib o'tadigan Kolumbiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi oldidan shartnomani 2026 yilgacha uzaytiradi.
De la Fuente 2022 yilning dekabr oyida Ispaniya terma jamoasini qabul qilib olgan. Uning qo'l ostida ispanlar guruhda birinchi o'rinni egallab, 2024 yilgi Evropa chempionatiga yo'l oldi va o'tgan yozda Millatlar ligasida ham g'olib chiqdi.
62 yoshli mutaxassisning amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
Ispaniya terma jamoasi Evro-2024 guruh bosqichida Xorvatiya, Italiya va Albaniyaga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!