Gasperini: "Miranchuk hujumda etakchi bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
Italiya chempionati 19-turi doirasida “Atalanta” “Roma” bilan uchrashdi.
Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Bergamoliklar safida rossiyalik yarim himoyachi Aleksey Miranchuk golli uzatmani amalga oshirdi. “Aleksey hozir ajoyib formada. Men uni ushbu o'yinda qo'yib yuborishga qaror qildim.
Miranchuk to'liq o'yin o'tkazdi va hujumda etakchi bo'ldi”, — dedi jamoa bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini Tutto Atalanta nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Miranchuk “Atalanta”ning 15ta uchrashuvida ishtirok etdi. Yarim himoyachi ikkita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!