Arturo Vidalning keyingi jamoasini nomi deyarli aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
Yarim himoyachi Arturo Vidal erkin agent maqomiga ega bo'ldi - uning "Atletiko Paranaense" bilan shartnomasi yakunlandi.
36 yoshli chililik futbolchining keyingi klubi "Kolo-Kolo" bo'lishi mumkin. Jurnalist Rodrigo Gomesning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Chili klubi rahbariyati Vidal bilan shartnoma imzolash uchun taklif yuborgan. Endi "Kolo-Kolo" futbolchi bilan shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralar jarayonini boshlaydi.
Aytish joizki, aynan "Kolo-Kolo"da Vidal futbolchilik faoliyatini boshlagan. Endi mashhur yarim himoyachi o'z ona klubiga qaytishi kerak. Eslatib o'tamiz, Arturo Vidal avvalroq Evropada “Bayer”, “Yuventus”, “Bavariya”, “Barselona” va “Inter” klublarida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!