Bushanan: "Eng yaxshi qarorni qabul qilganimga ishonaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
«Inter» «Bryugge»dan Tajon Bushananni sotib olib, o'z tarkibini kuchaytirdi.
Kanadalik futbolchi bu klubda o'ynashni anchadan beri orzu qilganini tan oldi.
"Faoliyatimning ushbu bosqichi uchun eng yaxshi qarorni qabul qilganimga ishonaman. Men «Inter»ni anchadan beri kuzatib kelaman, bu men orzu qilgan, o'zimni ko'rgan jamoa.
Men imkon qadar tezroq jamoaga moslashishni istayman, jamoaga yordam berish va unga foydali bo'lishni juda xohlayman", - deya Bushananning so'zlarini keltiradi Italiyaning ItaSportPress axborot agentligi.
Milan klubi hozirda A Seriyada peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!