Pedriga ikki top klub qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63
Yarim himoyachi Pedri «Barselona»ni tark etishi mumkinligi haqida matbuotda ma'lumotlar paydo bo'lishda davom etmoqda.
Kataloniyaliklar moliyaviy qiyinchiliklarni hisobga olib, Pedri bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor ekani aytilmoqda.
Transfer News Live nashrining Fichajes nashriga tayanib xabar berishicha, yozda Angliya Premer-ligasining ikkita top-klubi – «Arsenal» va «Manchester Siti» Pedri uchun kurashishga tayyor bo'ladi.
Pedri 2023/2024 yilgi mavsumda 11 ta o'yinda ishtirok etgan. Ularda yarim himoyachi bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali 21 yoshli Pedrini 90 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!