Andre Silva yana jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
"Real Sosedad" safida yo'qotish - Andre Silva jarohat oldi va bu uning uchun so'nggi vaqtlardagi birinchi jarohati emas. Bu safar Silva chap oyoq qo'shimcha mushaklarini shikastlagan.
U juda ko'p vaqtni lazaretda o'tkazib yuborishi kutilmoqda, ehtimol u fevral oyida Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga ham tiklanishga ulgurmasligi mumkin. Joriy mavsumda "Milan"ning 28 yoshli sobiq hujumchisi bor-yo'g'i 199 daqiqa o'ynadi, bu esa uni "RB Leyptsig"dan ijaraga olgan "Sosedad" rahbariyatini xursand qilishi dargumon.
"Real Sosedad" ayni damda Ispaniya chempionati turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!